post-thumb

Bakalavriatga qabul uchun test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

Unga ko‘ra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

-Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;

-Matematika x 10 ta;

-O‘zbekiston tarixi x 10 ta;

-30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

-1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball

-2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball

-60 ta savoldan jami 156,0 ball.

2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Kanalga ulanish