2024-yilda OTMlarga kirish ballari keskin pasaydi
2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining hududlar kesimida o‘rtacha ballari e’lon qilindi. Ushbu natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, abituriyentlarning ko‘pchiligi juda past ball to‘plagan.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha o‘tish ballari:
Buxoro viloyati – 75,9 ball
Toshkent shahri – 74,6 ball
Farg‘ona viloyati – 69,9 ball
Namangan viloyati – 68 ball
Xorazm viloyati – 68 ball
Navoiy viloyati – 67,2 ball
Samarqand viloyati – 67 ball
Qashqadaryo viloyati – 65,9 ball
Jizzax viloyati – 65,5 ball
Surxondaryo viloyati – 64,7 ball
Toshkent viloyati – 64 ball
Andijon viloyati – 63,5 ball
Qoraqalpog‘iston – 63,3 ball
Sirdaryo viloyati – 62,8 ball
Bu natijalar abituriyentlarning umumiy tayyorgarlik darajasi past bo‘lganini ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, ayrim viloyatlarda ballar sezilarli darajada tushib ketgan. Mutaxassislar bu holatni ta’lim sifatining turlicha ekanligi va imtihon savollarining murakkabligi bilan izohlashmoqda.