Uyda imtihon sharoitini yaratish — muvaffaqiyat kaliti
Testga har kuni tayyorlanish yaxshi. Ammo haqiqiy natija olish uchun real test muhitini uyda yaratish shart! Bu sizga o‘zingizni sinab ko‘rish va ruhiy barqarorlikni oshirishga yordam beradi.
Qanday qilib? Quyidagi yo‘riqnoma orqali kerakli màlumotlarga ega bòling:
Vaqt qo‘ying
Real testda qancha vaqt ajratilsa, aynan shuncha vaqtni belgilab, soatni ishga tushiring. Ortiqcha pauzalar bòlmasligi kerak!
Telefonni butunlay chetga oling
Faqat siz va test savollari. Chalg‘ituvchi ijtimoiy tarmoqlar, bildirishnomalar — qattiq taqiqlanadi!
Ish joyingizni tayyorlang
Stol ustida faqat: ruchka, qog‘oz, suv shishasi va test savollari bo‘lsin. Hech qanday ortiqcha buyum kerak emas!
Shovqinsiz muhit yarating
Oilangizdan so‘rang: 1 soat ichida sizga xalaqit bermasliklarini iltimos qiling. Butun diqqat testda bo‘lsin!
Vaqt tugagach — tahlil.
Testdan keyin to‘xtab o‘ylang: Qayerda xatoga yo‘l qo‘ydingiz? Qaysi savollarda ko‘proq qiynaldingiz? Vaqt yetishmayaptimi?
Har safar shunday "uy testini" takrorlang. O‘zingiz sezmagan holda kuchli tayyorgarlik asosini yaratasiz!
Siz ham sinab ko‘rdingizmi? Izohlarda natijangiz bilan o‘rtoqlashing!