Bu yilgi test imtihonlarida nimalar òzgaradi?
Abituriyentlar uchun quvonchli xabar — test tizimi o‘zgarmadi!
2025/2026-o‘quv yilida siz yana 90 ta savolga javob berib, maksimal 189 ball to‘plash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Ball taqsimoti quyidagicha:
— Majburiy fanlar: 30 ta savol, har biri 1,1 ball — jami 33 ball;
— Ixtisoslik fanlari: 60 ta savol, har biri 2,1 ball — jami 126 ball;
— Qo‘shimcha ballar: 30 ball (xalqaro sertifikatlar va imtiyozlar asosida).
Maksimal ball: 189
O‘tgan yilgi asosiy statistika:
— O‘rtacha natija: 87,3 ball;
— Eng yuqori ball: 189 (bir nechta abituriyent erishgan);
— Eng ko‘p tanlangan fanlar: Matematika, Ingliz tili, Biologiya;
— Umumiy ishtirokchilar soni: 1 200 000+ abituriyent;
— Eng ko‘p uchraydigan xatolik: vaqtni noto‘g‘ri taqsimlash va savollarga yuzaki yondashish.