post-thumb

Abituriyentlar uchun imtihonga tayyorgarlik bo‘yicha 7 muhim maslahat

**Reja asosida o‘qing. ** Har kuni o‘rganish uchun aniq reja tuzing va unga rioya qiling.

Zaif tomonlaringizni aniqlang. Qaysi fan yoki mavzularda qiynalayotganingizni tahlil qiling va ularga ko‘proq e’tibor qarating.

Pomodoro texnikasidan foydalaning. Unda siz 25 daqiqa ichida o'qish yoki ishlashga konsentratsiya vaqtingizni nazorat qilasiz va 5 daqiqalik tanaffus qilasiz.

**Test savollarini doimiy ishlang. ** Oldingi yillarning testlarini yechish sizga vaqtni boshqarishni o‘rgatadi va haqiqiy imtihon muhitiga moslashishga yordam beradi.

**Dam olishni unutmang. ** Miya ham dam olishga muhtoj. Har 50-60 daqiqalik o‘qishdan so‘ng qisqa tanaffus qiling va kuniga 7-8 soat uxlashga harakat qiling.

To‘g‘ri ovqatlaning va jismoniy faollikni saqlang. Sog‘lom ovqatlanish va jismoniy mashqlar fikrlash qobiliyatingizni yaxshilaydi.

Imtihon oldidan ruhiy tayyorgarlik ko‘ring. O‘zingizga ishonch hosil qiling va imtihon oldidan ortiqcha asabiylashmaslik uchun chuqur nafas olish mashqlarini bajaring.

Imtihon kuni barcha kerakli hujjatlaringizni oldindan tayyorlang. Imtihon kuni ertaroq yetib boring, barcha hujjatlaringizni tekshirib chiqing va xotirjam bo‘lishga harakat qiling.

Kanalga ulanish