11-sinf o'quvchisi Italiyada 87 500 yevrolik grant egasi bo‘ldi
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Bekzod Muzaffarov Italiyadagi John Cabot universitetiga (JCU) toʻliq grant asosida oʻqishga qabul qilindi.
Endilikda Bekzod Muzaffarovga mazkur xorijiy universitet 87 500 yevro miqdorida taʼlim granti ajratadi.
Maʼlumot oʻrnida,John Cabot universiteti talabalarga turli sohalarda sifatli taʼlimni amaliyot bilan uygʻunlashtirgan holda taklif etadi.
Universitetda siyosatshunoslik, xalqaro munosabatlar, iqtisodiyot, adabiyot va sanʼat kabi yoʻnalishlarda oʻqish mumkin.
Shuningdek, universitet dunyo boʻylab universitetlar bilan hamkorlik qilib keladi. Bu talabalarga xalqaro tajriba va ilmiy tadqiqotlar imkoniyatlarini yaratadi.