Milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi
2025-yil 22–23-fevral kunlari matematika, fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e'lon qilindi!
Natijalarni bilish va sertifikatni elektron yuklab olish uchun my.gov.uz saytida- Mening arizalarim bo‘limiga kiring!
Natijalar xalqaro Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, ballar quyidagicha taqsimlanadi:
- 70+ ball — A+ (eng yuqori daraja)
- 65–69,9 ball — A
- 60–64,9 ball — B+
- 55–59,9 ball — B
- 50–54,9 ball — C+
- 46–49,9 ball — C
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.