Ko‘zi ojiz shaxslarning chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
Joriy yil 14-mart sanasida bo‘lib o‘tgan ko‘zi ojiz shaxslar uchun chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalarini bilib olishlari va sertifikatlarini elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Maʼlumot uchun, natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.Ariza ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.