Arab tili sertifikati uchun imtiyoz bekor qilindimi?
Xabarlarda maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bo‘yicha muhim o‘zgarish joriy etildi.
Unga koʻra, endilikda diniy taʼlim muassasalarida arab tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga imtiyoz (maksimal ball) berish tartibi bekor qilindi.
Natijada, avval arab tili bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz sifatida maksimal ball olgan bo‘lsa, endilikda bunday imkoniyat bo‘lmaydi.
Barcha abituriyentlar test sinovlarida to‘liq ishtirok etishlari shart boʻladi.
Bu o‘zgarish imtihon jarayonini yanada adolatli qilish va barcha abituriyentlarga teng imkoniyat yaratish maqsadida amalga oshirilgan deyiladi xabarlarda.