post-thumb

Bu yil yakuniy imtihonlar yangi maxsus platforma orqali o‘tkaziladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrug‘iga binoan, o‘quvchilarning bilimini yanada shaffof va adolatli baholash uchun yangi maxsus platforma yaratiladi. Bu platforma 2025-yil 20-apreliga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Platforma may oyida test tartibida ishga tushiriladi va natijalar asosida uni takomillashtirish ishlari olib boriladi.

Shuningdek, platformadan samarali foydalanish uchun maxsus ekspertlar guruhi shakllantiriladi va ular uchun o‘quv-treninglari tashkil etiladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari uchun fanlar bo‘yicha nazorat materiallari ishlab chiqiladi, barcha tillarga tarjima qilinadi hamda sifatli ekspertizadan o‘tkaziladi. Bu orqali barcha o‘quvchilarga teng imkoniyat yaratiladi va adolatli baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

O‘quvchilarning bilimini baholash jarayonida zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yondashuvlardan foydalaniladi. Bu esa nafaqat o‘qituvchilar, balki ota-onalar va o‘quvchilar uchun ham qulaylik yaratadi.

Yakuniy imtihon o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati bilan batafsil tanishish uchun mana bu havolani bosing.

Kanalga ulanish