post-thumb

Ehtiyojmand xotin-qizlarga ajratilgan 2000 ta Grant qay tartibda taqsimlanadi?

Bundan avvalroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o'zining rasmiy sahifalarida Xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimotini e’lon qilgan edi.

Unga ko'ra, grantning hududlar kesimida taqsimoti quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11;
  • Andijon – 183;
  • Buxoro – 112;
  • Jizzax – 81;
  • Qashqadaryo – 193;
  • Navoiy – 60;
  • Namangan – 165;
  • Samarqand – 227;
  • Surxondaryo – 155;
  • Sirdaryo – 50;
  • Toshkent viloyati – 177;
  • Farg‘ona – 221;
  • Xorazm – 110;
  • Toshkent shahri – 155.

Grant aniq va tabiiy fanlar, texnika fanlari va tibbiyot fanlari yo‘nalishlariga alohida hisoblanadi. Bu sohadan ortganlari qolgan sohalar uchun ajratiladi.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

  • Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
  • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
  • Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
  • 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
  • Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
  • Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

Ma'lumot uchun, tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga va faqat ta’limning kunduzgi shakli uchun o‘tadi. Tavsiyanomasi bor xotin-qizlar ham 5 ta yo‘nalishga hujjat topshira oladi. Ularning ballari avvalo umumiy abituriyentlardan tashqari, tavsiyanomalilar uchun alohida hisoblanadi va eng yuqori ball to‘plaganlar imtiyoz bilan talabalikka qabul qilinadi, yetarli ball to‘play olmaganlar esa boshqa abituriyentlar kabi umumiy tanlovda qatnashadi va balliga qarab talaba bo‘la olishi yoki bo‘la olmasligi mumkin.

Tavsiyanoma uchun arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 30-maydan 8-iyunga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.

Kanalga ulanish