post-thumb

Abituriyentlar diqqatiga: Qabul jarayoni bo‘yicha tavsiyalar

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar! Quyida eng ko‘p uchraydigan savollar va ularning javoblarini jamladik:

Qabul jarayoni qachon boshlanadi?

Har yili qabul jarayoni iyun oyida boshlanadi. Rasmiy ma’lumotlarni DTM va Oliy ta’lim vazirligi rasmiy sahifalaridan kuzatib boring!

Hujjatlarni qanday topshiraman?

Endi navbatlarda turish shart emas! Barchasi onlayn — my.dtm.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting va hujjatlaringizni topshiring.

Kontrakt narxlari qanday?

Har bir nodavlat va davlat universitetida to‘lov miqdori farq qiladi. O‘rtacha 15–30 million so‘m. Aniq narxni tanlagan universitetingizning rasmiy sahifasidan bilib olishingiz mumkin.

Davlat granti olish uchun nima qilish kerak?

Yuqori ball to‘plash va grant tanlovida muvaffaqiyatli qatnashish! Shuningdek, nogironligi bor, yetim va ijtimoiy himoyaga muhtoj abituriyentlar uchun alohida kvotalar mavjud.

Chet tilini bilish majburiymi?

Ba’zi yo‘nalishlarda shart sifatida talab etiladi.Boshqalarida esa qo‘shimcha bal sifatida hisobga olinadi. Ingliz tilini bilish sizga imtiyoz va ko‘proq imkoniyatlar beradi.

HEMIS tizimi nima?

Bu – zamonaviy raqamli platforma. Unda siz o‘zingizning baholaringizni, fanlar reytingini va o‘qish jarayonini real vaqtda kuzatishingiz mumkin!

Yotoqxona beriladimi?

Ha, ko‘pchilik universitetlarda yotoqxona mavjud. Ammo joylar soni cheklangan — arizani erta topshirishga shoshiling!

Talabalik guvohnomasi va ID kartasi qachon olinadi?

Universitetga kirganingizdan so‘ng, sentabr oyida sizga rasmiy talabalik guvohnomasi va ID karta topshiriladi.

Kanalga ulanish