Ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha milliy sertifikatga ro‘yxatga olish boshlandi
Ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlari* bo‘yicha test sinovlari 19-20-aprel kunlari o‘tkaziladi.
Ro‘yxatga olish jarayonlari 24-30-mart kunlari my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali bo'lib o'tadi.
To‘lovlar 31-martgacha amalga oshirilishi lozim.
Eslatib o'tamiz, milliy sertifikatlar uchun to'lov miqdori 506 250 so'mni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga muvofiq 2024-yil fevraldan boshlab umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarining natijalari Rash modeli asosida hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/891