Abituriyent kun tartibini qanday taqsimlashi kerak?
Hurmatli abituriyent! Imtihonlarga tayyorlanishda faqat bilim emas, balki to‘g‘ri kun tartibi ham juda muhim. Quyida siz uchun sodda, ammo samarali kun tartibini tayyorlab qo‘ydik — unga amal qilsangiz, konsentratsiya oshadi, charchoq kamayadi va natijalar yaxshilanadi!
06:30 — Ertalabni to‘g‘ri boshlang!
Uyg‘oning, chuqur nafas oling va yengil jismoniy mashqlar qiling. Bu sizga tetiklik va kuch beradi;
07:00 — Sog‘lom va to‘yimli nonushta
Suli bo‘tqasi, tuxum, yong‘oq va mevalar — aqliy faoliyat uchun eng yaxshi ozuqa;
08:00 — Asosiy fan bo‘yicha dars va testlar
Ertalab miyaning faol vaqti. Eng muhim va qiyin mavzularni aynan shu vaqtda o‘rganing;
10:00 — Qisqa dam olish
10-15 daqiqa davomida ko‘zlaringizni dam oldiring, havoda sayr qiling;
10:15 — Mashqlar va mustahkamlash
Ikkinchi blok: majburiy bo‘yicha test ishlash yoki qayta o‘qish;
12:00 — Tushlik va hordiq
Ovqatlaning, so‘ng 30 daqiqalik dam oling. Organizmga energiya kerak;
13:30 — Mavzularni takrorlash
Kartochkalar, eslatmalar va qisqa qayta o‘qish orqali mustahkamlash vaqti;
15:00 — Test topshirish texnikasini mashq qiling
Vaqtni to‘g‘ri boshqarish va tezkor fikrlashni o‘rgatadigan mashqlar bajaring;
17:00 — Erkin mashg‘ulot va havo olish
Sevimli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning: sport, musiqa yoki oilaviy suhbat;
19:00 — Yengil kechki ovqat
Vitaminlarga boy va yengil ovqat — sog‘lom uyqu uchun asos;
20:00 — Yengil takrorlash va motivatsiya
Kundalik natijalarni ko‘rib chiqing va o‘zingizni ruhlantirish uchun motivatsion video tomosha qiling;
21:30 — Yaxshi uyqu — ertangi muvaffaqiyat garovi!
Nega bu kun tartibi muhim?
- Diqqatni jamlashga yordam beradi;
- Charchoq va stressni kamaytiradi;
- Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ko‘nikmasini shakllantiradi;
- Imtihon kuni o‘zingizni ishonchli his qilishingizga zamin yaratadi.