post-thumb

Turk tili test natijalari e’lon qilindi

2025-yil 2–14-mart kunlari o‘tkazilgan turk tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida joylashtirilgan. Talabgorlar "Mening arizalarim" bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar my.gov.uz sayti orqali o‘z sertifikatlarini elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati topshirishlari mumkin. Apellatsiya arizalari ikki hafta davomida ko‘rib chiqiladi.

Kanalga ulanish