Namanganlik bitiruvchi muddatidan avval dunyoning TOP-100 taligiga kiruvchi OTMga qabul qilindi
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, To‘raqo‘rg’on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shukrullo Abdusattorov birdaniga jahonning o‘ndan ortiq nufuzli universitetlariga o'qishga qabul qilingan.
Shuningdek, IELTS'dan 7.5, SAT'dan 1470 ball egasi Shukrullo dunyoning TOP-100 taligiga kiruvchi AQSHdagi Pennsylvania State University'dan ham qabul xatini qo'lga kiritgan.
Ta’kidlash joizki, Shukrullo joriy yil matematikadan asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.
Yorqin kelajak sari munosib tamal toshi qo‘ygan iste'dodli bitiruvchining kelgusi ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz deyiladi xabarda.