post-thumb

O‘zbekistondagi nodavlat universitet dunyoning birinchi raqamli oliygohi bilan hamkorlik qiladi

Namangan va Toshkentda o‘quv binolariga ega nodavlat University of Business and Science (UBS)* oliygohi vakillari jahon reytingida *birinchi o‘rinda turuvchi — AQSHdagi Massachusets texnologiya instituti (MIT)ga tashrif buyurib, hamkorlik aloqalarini o‘rnatishgani haqida xabar berdi.

Universitet axborot xizmati ma'lum qilishicha, UBS Kuzatuv Kengashi raisi Prof. Elyorjon Jumayev AQSHdagi Massachusets texnologiya instituti (MIT)ga tashrif buyurib, MIT Vitse Prezidenti Prof. Dimitris Bertsimas va uning bosh maslahatchisi Dr. Vijay Kumar hamda MIT JWEL ijrochi direktori Megan Mitchel bilan uchrashgan.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilingan:

  • Universitet ta’lim platformasini shakllantirish va rivojlantirish;
  • UBS o‘quv dasturlarini jahon standartlariga mos ravishda takomillashtirish;
  • Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturlari;
  • Ilmiy va amaliy seminarlarni tashkil etish;
  • Kelajakda talabalarning qisqa muddatli amaliyotlarini yo’lga qo’yish;
  • Universitet ekosistemasini tashkil qilishda hamkorlik.

Ma'lumot o'rnida, dunyo miqyosida birinchi o‘rinda turuvchi Massachusets texnologiya instituti (MIT) ham xususiy, ya’ni nodavlat oliygoh hisoblanadi.

Kanalga ulanish