post-thumb

Ramzon hayiti 30-mart kuni nishonlanadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti "Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi" qarorini imzoladi.

Mazkur qarorga ko‘ra, joriy yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 30-mart – yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatimizda 2025-yil 30-mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi belgilangan.

Ramazon hayiti 30-mart, yakshanba kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha belgilandi:

  • 29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
  • 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
  • 31-mart (dushanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart kunidan koʻchirilgan barcha uchun dam olish kuni.

Kanalga ulanish