post-thumb post-thumb post-thumb post-thumb post-thumb

Qashqadaryolik yana bir o‘quvchi muddatidan oldin maksimal 189 ballni qo‘lga kiritdi

Qashqadaryo viloyatidagi Avitsenna School NTM 11-sinf o‘quvchisi Qobilov Kamron kirish imtihonlari uchun belgilangan maksimal 189 ball ni muddatidan oldin to‘pladi!

U umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritib, quyidagi natijalarni qayd etdi:

  • Kimyo – A
  • Biologiya – A+
  • Ona tili – C+
  • Matematika – C
  • Tarix – C+

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ham Qashqadaryolik o‘quvchi qiz kirish imtihonlaridan maksimal 189 ball to‘plagani haqida xabar bergan edik.

Kanalga ulanish