Qabul yaqinlashmoqda: Abituriyentlar uchun kerakli hujjatlar ro‘yxati
2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni boshlanish arafasida. Yaxshi yangilik shundaki, talab qilinadigan hujjatlar soni kam va ularni tayyorlash juda oson.
Kerakli hujjatlar:
- Pasport yoki ID-karta – Shaxsni tasdiqlovchi rasmiy hujjat.
- O‘rta ta’limni tugatganlik haqidagi hujjat – Litsey, kollej yoki maktabni oldinroq tamomlaganlar uchun. Joriy yil bitiruvchilari uchun bu talab qilinmaydi.
- Imtiyoz mavjud bo‘lsa, uni tasdiqlovchi hujjat – Sertifikat, mukofot, tavsiyanoma yoki boshqa tegishli hujjatlar.
Muhim eslatma:
- Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi. Skanerlangan nusxalar yoki sifatli fotosuratlar yetarli bo‘ladi.
- Barcha ma’lumotlar my.uzbmb.uz platformasi orqali yuboriladi.