Yakuniy attestatsiya 2025: Imtihon sanalari, fanlar va hujjatlar haqida to‘liq ma’lumot
2024/2025-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarida yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma xati e’lon qilindi. Imtihon topshiradigan fanlar, ularning sanalari hamda har bir sinf uchun belgilangan tartib aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
9-sinf o‘quvchilari uchun majburiy fanlar:
- Ona tili va adabiyoti — yozma (27.05.2024)
- Matematika — yozma (30.05.2025)
- O‘zbekiston tarixi — yozma va og‘zaki (03.06.2025)
- Jismoniy tarbiya — amaliy (01–06.06.2025)
11-sinf o‘quvchilari uchun majburiy fanlar:
- Ona tili va adabiyoti — yozma (28.05.2025)
- Matematika (asosiy yoki chuqurlashtirilgan) — yozma (31.05.2025)
- O‘zbekiston tarixi — yozma (04.06.2025)
Tanlov fanlari (11-sinf):
Qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik, turkman, qirg‘iz tili va adabiyoti, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, huquq asoslari, chet tillari kabi fanlardan yozma imtihonlar 07.06.2025 – 10.06.2025 oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.
Muhim:
- Imtihonlar uchun berilgan vaqt, fan turi va topshirish shakli ko‘rsatma xatida belgilangan.
- Tanlov fanlari o‘quvchining yozma arizasiga asosan oldindan belgilanadi.
- Imtihonlar topshirilishi to‘g‘risida yakuniy jadval bir kun oldin e’lon qilinadi.
- Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘z ichki tartibiga ko‘ra sanalarda o‘zgarish kiritishi mumkin.