Muddatidan oldin talabalik baxtiga ega bo‘lgan navoiylik qiz
Navoiy shahridagi NDU akademik litseyi 4-23 guruh o‘quvchisi Shuxratova Zarina tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha ulkan yutuqqa erishdi. U 5 ta fandan milliy sertifikat olib, maksimal 189 ball yig‘di va muddatidan avval talabalikni qo‘lga kiritdi.
O’quvchi 5 ta fan yuzasidan quyidagicha natijalarni qayd etgan:
- Kimyo – A
- Biologiya – A
- Matematika – B
- Ona tili – C+
- Tarix – C
Ushbu natija milliy test tizimida maksimal ballning to‘liq yig‘ilishi bilan tengdir. Zarina endilikda oliy ta’lim muassasasiga test sinovisiz, imtiyozli tarzda qabul qilinadi.